Yangiliklar
OAK 16.07.2026 oak.uz 1 daqiqa o'qish

Oliy attestatsiya komissiyasi izohi

Oliy attestatsiya komissiyasi izohi

OAK internet manbalarida uning faoliyati haqida tarqatilayotgan ba'zi fikrlar to'g'ri emasligini ma'lum qildi. OAK Fanlar akademiyasi huzuriga o'tkazilganidan so'ng, rasmiy axborotlarni jamoatchilikka tezkor yetkazish va e'lon qilish muddatlarini qisqartirish bo'yicha choralar amalga oshirilmoqda. Ilmiy darajalar haqidagi ma'lumotlar rasmiy veb-saytda va davlat axborot tizimlari orqali e'lon qilinadi. Diplom blankalari va muqovalarini chop etish "Davlat belgisi" davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi va OAK faqat tashkiliy hamda hisob-kitob vazifasini bajaradi.

Ulashish: Telegram