Orqaga
Ilmiy kengash repetitsiyasi

Dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik: ilmiy kengash repetitsiyasi

PhD yoki DSc himoyasidan oldin avtoreferatingiz bo'yicha to'liq repetitsiya o'tkazing — 5 dan 10 tagacha sun'iy intellekt professoridan tashkil topgan kengash sizga real himoyadagidek kutilmagan savollar beradi va yakunida rasmiy tavsiya chiqaradi.

Nima beradi

  • O'zingiz tanlagan 5–10 sun'iy intellekt professoridan iborat kengash bilan jonli, matnli yoki ovozli savol-javob
  • Har bir professorning alohida bahosi va yakuniy "TAVSIYA ETILADI / ETILMAYDI" xulosasi
  • Sessiyadan so'ng to'liq transkript va DOCX hisobot
  • QR-kod bilan tekshiriladigan, xizmatda tasdiqlanadigan yakuniy hujjat

Qanday ishlaydi

  1. 1 Avtoreferatingizni (PDF yoki DOCX) yuklaysiz
  2. 2 Tarif va professorlarni o'zingiz tanlaysiz
  3. 3 Kengash savol beradi, siz matn yoki ovoz bilan javob berasiz
  4. 4 Sessiya yakunida baho, tavsiyalar va DOCX hisobotni olasiz

Kimlar uchun

PhD yoki DSc dissertatsiyasini himoya qilishga tayyorlanayotgan, kutilmagan savollardan xavotirlanadigan dissertantlar uchun.

Narx

Standart (5 professor) 400 000 so'm 280 000 so'm
Gold (7 professor) 450 000 so'm 315 000 so'm
Platinum (10 professor) 500 000 so'm 350 000 so'm

Chegirmali narx «MUNOZARA30» kodi bilan: kod xizmat uchun to'lashdan oldin kiritiladi.

Ko'p so'raladigan savollar

Bu haqiqiy OAK himoyasimi?

Yo'q. Bu — repetitsiya. Real himoya darajasini va'da qilmaymiz, ammo kutilmagan savollarga tayyorlaymiz. Baho va tavsiya OAK qarori emas, rasmiy kuchga ega emas.

Nechta professor ishtirok etadi?

Tanlagan paketga qarab 5 tadan 10 tagacha — professorlarni o'zingiz tanlaysiz.

Sessiya qancha davom etadi?

Odatda 30–70 daqiqa, paket va professorlar soniga bog'liq.

Ovozsiz, faqat matn bilan ishlay olamanmi?

Ha, ovozsiz rejim ham to'liq ishlaydi — mikrofon shart emas.

Natijada nima olaman?

To'liq transkript, har professordan baho va yozma tavsiyalar, hamda QR-kod bilan tekshiriladigan DOCX hisobot.

Boshlash

Dasturiy mahsulot davlat reyestrida DGU 67418.