OAK tomonidan "OAK. Onlayn maslahat" Telegram bot ishga tushirildi. Bot orqali tadqiqotchilar dissertatsiya himoyasini tashkil etish, dissertatsiya ishlarini ekspertizadan o'tkazish, ilmiy darajalar berish tartibi va attestatsiya sohasiga oid boshqa masalalar haqida savollar yuborishlari mumkin. Barcha murojaatlar OAK mutaxassislari tomonidan ko'rib chiqilib, normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida javoblar taqdim etiladi. Bot attestatsiya jarayonlariga oid ma'lumot olish imkoniyatlarini kengaytiradi va tizimda ochiqlik hamda shaffoflikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Ulashish:
Telegram