Tayyorgarlik OAK talablari asosida
26 mezonli dastlabki ekspertiza va PhD hamda DSc uchun alohida talablar — OAK 239/4 va 214/8 asosida.
AI professorlar avtoreferatingizni sahifama-sahifa o'qiydi, haqiqiy kengashdagidek savol beradi va javoblaringizni baholaydi. Kamchiliklarni kengash emas, biz birinchi topamiz.
26 mezonli dastlabki ekspertiza va PhD hamda DSc uchun alohida talablar — OAK 239/4 va 214/8 asosida.
Tekshirishdan rasmiy hujjatgacha: himoyangizning har bosqichida yoningizdamiz.
Dastlabki ekspertiza: himoyaga chiqishdan oldin ishingiz qanchalik tayyorligini 26 mezon bo'yicha biling.
Kengash yoki komissiya oldida jonli savol-javob, ovoz va tayyorgarlik balli.
Stenogramma: haqiqiy himoya audiosidan rasmiy, tahrirlangan yozma matn va DOCX.
Xizmatlar OAK me'yoriy hujjatlari va ixtisoslik pasportlari matniga asoslanadi. Bu — tayyorgarlik: rasmiy OAK ekspertizasi yoki qarori emas.
Har biri alohida ishlaydi — sizga kerakligini tanlang.
Avtoreferatingiz bo'yicha to'liq kengash himoyasi: 5–10 professorli jonli munozara, har birining ovozi, rasmiy TAVSIYA ETILADI / ETILMAYDI xulosasi.
Dissertatsiyangizni anonim ekspert 26 mezon bo'yicha to'liq o'qib chiqadi — himoyadan oldin kuchli va zaif tomonlaringizni bilib oling.
Ixtisosligingiz bo'yicha himoya qilingan va ro'yxatdan o'tgan mavzular solishtiriladi: pasportga mos 3–5 mavzu varianti va tanlaganingiz uchun to'liq tadqiqot rejasi.
Magistrlik dissertatsiyangizni to'liq o'qiydigan komissiya: jonli savol-javob, 100 ballik baho va ishingizni yaxshilash bo'yicha shaxsiy tavsiyalar.
Haqiqiy himoya audiosini rasmiy stenogrammaga aylantiramiz: so'zlovchilar ajratilgan, tahrirlanadigan matn va tayyor DOCX.
Sun'iy intellekt professorlari dissertatsiyangizni mustaqil tahlil qiladi, zaif nuqtalarni aniqlaydi va haqiqiy himoyadagi kabi savol-javob uchun tayyorlaydi.
Mavzu ixtisoslik pasportiga mos kelmasa yoki himoya qilingan ishni takrorlasa, kengash uni qayta ko'rib chiqishni talab qilishi mumkin — oylar yo'qoladi. Munozara ixtisosligingiz bo'yicha himoya qilingan va ro'yxatdan o'tgan mavzularni solishtirib, asoslangan variantlar va tadqiqot rejasini tayyorlaydi.
Mavzu ixtisoslik pasportining tadqiqot sohalaridan chetga chiqsa, kengashda e'tiroz uyg'otadi.
O'xshash ish allaqachon himoya qilingan yoki ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, ilmiy yangilik shubha ostida qoladi.
Yangilikni tekshirish uchun yuzlab avtoreferatni o'qib chiqish kerak — bunga vaqt ham, imkon ham yetmaydi.
Ixtisoslik shifri, daraja (PhD yoki DSc) va qiziqish yo'nalishingiz. Mavzuingiz allaqachon bo'lsa, uni ham tekshiramiz.
Mavzular bazasi tahlil qilinadi: pasportga moslik, yaqin ishlar, bo'sh yo'nalishlar. Natijada 3–5 mavzu varianti chiqadi.
Tanlagan mavzuingiz uchun maqsad, vazifalar, boblar va ilmiy yangilik yo'nalishlari yoziladi — qo'shimcha to'lovsiz.
Mavzu variantlari ham, reja ham shu narx ichida. Texnik xatolik bo'lsa, to'lov hisobingizga kredit sifatida qaytariladi.
Mavzu va rejani boshlashYo'q. Xizmat mavzu variantlari va tadqiqot rejasini tayyorlaydi; dissertatsiya matnini yozmaydi. Ish — sizniki.
Reja OAK Nizomidagi bob soni talabiga (PhD — kamida 3, DSc — kamida 4 bob) va ixtisoslik pasportiga tayanadi. Lekin bu tavsiya, OAK qarori emas: mavzuni kengash va ilmiy rahbaringiz tasdiqlaydi.
Yo'q. Yaqin ishlar faqat mavzusi, yili va ixtisoslik shifri bilan keltiriladi.
O'zbek, rus yoki ingliz tilida — buyurtma berayotganda o'zingiz tanlaysiz.
Odatda bir necha daqiqada; har bir bosqich ekranda ko'rinib turadi.
Dissertatsiyangizni yuklang — ixtisoslikka mos bitta sun'iy intellekt eksperti ishingizni OAK talablariga asoslangan 26 mezon bo'yicha o'qib, dastlabki xulosa tayyorlaydi. Bu himoyaga tayyorgarlik uchun — rasmiy OAK ekspertizasi emas.
Quyida — PhD/DSc kengash rejimi. Magistratura ham xuddi shunday jonli; bundan tashqari stenogramma, dastlabki ekspertiza xulosasi hamda dissertatsiya mavzusi va rejasi ham tayyorlanadi.
PDF/DOCX yuklang. Sun'iy intellekt 90 soniyada o'qiydi: jadvallar, formulalar, ilmiy yangiliklar, zaif nuqtalar.
To'lovga qarab 5–10 professorni o'zingiz tanlaysiz — moliyachi, ekonometrik, axborot texnologiyalari mutaxassisi...
"14-sahifadagi 3-jadvalda..." — aniq havolali savollar jonli oqimda. Kuchli javob darhol tan olinadi.
Har professor HA / BETARAF / YO'Q deb ovoz beradi. Tayyorgarlik balli, savollar banki, DOCX hisobot.
Talabalaringiz rasmiy universitet elektron pochtasi bilan kirib, avtomatik tashkilotingizga bog'lanadi; alohida kabinetda foydalanish statistikasini ko'rasiz. Yillik litsenziya talabalar soniga qarab tuziladi.
Tekshiruvlar OAK me'yoriy hujjatlariga asoslanadi: Ilmiy darajalar berish tartibi to'g'risidagi Nizom (OAK 239/4-son) hamda dissertatsiya va avtoreferatni rasmiylashtirish qoidalari (OAK 214/8-son). Lekin Munozara — repetitsiya va dastlabki tahlil: natija OAK nomidan berilmaydi va rasmiy kuchga ega emas.
Yo'q. Baho va xulosalar tayyorgarlik uchun: kutilmagan savollar va zaif joylarni oldindan ko'rish imkonini beradi. Rasmiy qarorni kengash va OAK qabul qiladi.
Ish tayyor bo'lsa, dastlabki ekspertizadan boshlang — kuchli va zaif joylaringizni ko'rasiz. Keyin kengash repetitsiyasida kutilmagan savollarga mashq qilasiz.
Paketga qarab 5–10 professor ishtirok etadi, sessiya taxminan 30–70 daqiqa davom etadi.
Ha. Nosozlik tufayli natija shakllanmasa, to'lov hisobingizga kredit sifatida avtomatik qaytariladi va keyingi xizmatda ishlatiladi.
Yuklangan hujjatlar Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi. Batafsil ma'lumot — Maxfiylik siyosati sahifasida.
Platforma, tariflar yoki hamkorlik haqida savolingiz bo'lsa — forma orqali yozing, javob beramiz.