OAK veb-saytida dissertatsiya himoyasi e'lonlari uchun taqdim etiladigan hujjatlarning nizom talablariga muvofiqligiga javobgarlik ilmiy kengashlar zimmasiga o'tkazildi. Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy yangilik, natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, chop etilgan ishlarning mavjudligi kabi muhim talablarning bajarilishi qat'iy rioya etiladi. 2027 yil yanvar oyidan OAK ekspert kengashlari dissertatsiyalarni ekspertizadan o'tkazish amaliyoti bekor qilinadi. Mazkur o'zgarishlar ilmiy kengashlar mas'uliyatini oshirib, ilmiy darajalar berish jarayonining sifati va samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Ulashish:
Telegram