Yangiliklar
OAK 18.09.2026 oak.uz 1 daqiqa o'qish

“OAK. Onlayn maslahat” Telegram boti faol ishlamoqda

“OAK. Onlayn maslahat” Telegram boti faol ishlamoqda

OAK tomonidan "Onlayn maslahat" Telegram boti ishga tushirilgan bo'lib, u oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi bo'yicha murojaatlarni qabul qiladi. Bot o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi va murojaatchilar "Doktorantura muammolari", "Soxta ilmiy faoliyat", "OTM/ITM tizimidagi muammolar", "Ilmiy kengash bo'yicha murojaat", "Taklif va islohot g'oyalari" kabi turli bo'limlar bo'yicha savol yuborishi mumkin. Har bir murojaatga mutaxassislar tomonidan nizom talablari asosida javob beriladi va zarur hollarda murojaatchining shaxsi sir saqlanadi. OAK Axborot xizmati.

Ulashish: Telegram