OAK 2027 yil 1 yanvardan boshlab dissertatsiya himoyasi jarayonida muhim o'zgarishlar joriy etmoqda. Ekspert kengashlari tomonidan dissertatsiyalarni ekspertizadan o'tkazish va Rayosat qarori bilan tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi. Ilmiy kengashlar dissertatsiya himoyasiga taqdim etiladigan hujjatlarning normativ talablarga muvofiqligini baholash va OAK veb-saytida e'lon berish mas'uliyatini to'liq o'z zimmasiga oladi. Ilmiy seminarlar faoliyatini takomillashtirish va avtoreferatlarning sifatli ekspertizasini ta'minlash zarur. Barcha oliy ta'lim va ilmiy tashkilotlar dissertatsiya himoyasiga oid hujjatlarning belgilangan talablarga qat'iy rioya etilishini ta'minlashi kerak.
Ulashish:
Telegram