OAK dissertatsiya himoyasiga oid rasmiy ma'lumotlarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida «Dissertatsiya himoyasi e'lonlari» rasmiy telegram kanali faoliyatini yo'lga qo'ydi. Kanalda dissertatsiya himoyasi to'g'risidagi rasmiy e'lonlar matni va himoya o'tkazilish joyi kabi ma'lumotlar muntazam joylashtirib boriladi. OAK doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy rahbarlar, professor-o'qituvchilar va ilmiy kengashlar a'zolarini t.me/dissertatsiya_himoyasi_elonlari rasmiy telegram kanaliga obuna bo'lishni taklif etdi.
Ulashish:
Telegram