OAK Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda dissertatsiya himoyasi jarayonlarini to'liq raqamlashtirish bo'yicha ishlar amalga oshirmoqda. 2026 yil 1 avgustdan boshlab barcha dissertatsiya himoyasi jarayonlari yagona onlayn elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Yangi platforma dissertatsiya va avtoreferatni elektron shaklda taqdim etish, resenzentlar xulosalarini qabul qilish, himoyani rejalashtirish va qarorlarni rasmiylashtirish kabi barcha asosiy bosqichlarni raqamli muhitda amalga oshiradi. Ilmiy kengashlar faoliyatini baholash reyting avtomatlashtirilgan elektron axborot portalida yuritiladi va natijalari internet orqali ochiq e'lon qilinadi. OAK platformani belgilangan muddatda ishga tushirish va samarali foydalanishni ta'minlash bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Dissertatsiya himoyasi jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilishi ochiqlik va shaffoflikni kafolatlaydi
Foto: oak.uz
Ulashish:
Telegram