Himoya stenogrammasi: audio yozuvdan rasmiy matnga
Haqiqiy himoya majlisining audio yozuvini rasmiy uslubdagi, tahrirlanadigan stenogrammaga aylantiramiz — har bir so'zlovchining nutqi alohida, o'zbek va rus tillarida. Narxi: 500 000 so'm.
Nima beradi
- Har bir chiqishning to'liq matni — rasmiy uslubda tahrirlangan
- So'zlovchilar (rais, a'zolar, dissertant) alohida ajratilgan
- To'ldiruvchi so'zlar olib tashlanadi, norasmiy gaplar ilovaga chiqariladi
- O'zbek, rus va aralash uz-ru nutq qo'llab-quvvatlanadi
- Kotib yuklab olishdan oldin tahrirlaydi — tayyor DOCX hujjat
Qanday ishlaydi
- 1 Himoya audiosini (yoki ikki telefon yozuvini) yuklaysiz
- 2 Nutq matnga aylantiriladi, so'zlovchilar ajratiladi, matn rasmiy uslubga keltiriladi
- 3 Kotib natijani ko'rib chiqib, kerak bo'lsa tahrirlaydi
- 4 Rasmiy DOCX stenogrammani yuklab olasiz
Kimlar uchun
O'tkazilgan himoya yig'ilishining rasmiy, yozma stenogrammasini kerak qiladigan kengash kotibi va dissertantlar uchun.
Narx
Chegirmali narx «MUNOZARA30» kodi bilan: kod xizmat uchun to'lashdan oldin kiritiladi.
Ko'p so'raladigan savollar
Qanday tillarni qo'llab-quvvatlaydi?
O'zbek, rus va ikkalasi aralash (uz-ru) nutqni.
Uzun audio (ikki soatlik) bo'lsa ham ishlaydimi?
Ha, 130 daqiqagacha (2 soat 10 daqiqa) bo'lgan yozuv avtomatik bo'laklarga bo'lib qayta ishlanadi.
Matn so'zma-so'z bo'ladimi?
Yo'q — stenogramma rasmiy hujjat uslubida bo'ladi: har bir chiqishning mazmuni to'liq saqlanadi, lekin to'ldiruvchi so'zlar (masalan, «ee», «xullas») olib tashlanadi, jumlalar tahrirlanadi, majlisga tegishli bo'lmagan norasmiy gaplar esa hujjat ilovasiga chiqariladi.
So'zlovchilar qanday ajratiladi?
Nutqni tanib olish tizimi ovozlarni avtomatik ajratadi; ishtirokchilar ro'yxatini yuklasangiz, ismlar va rollar shu ro'yxatdan qo'yiladi. Kotib har bir bo'lakda so'zlovchini tekshirib, tuzatishi mumkin.
Natija tahrirlanadimi?
Ha, kotib yakuniy matnni yuklab olishdan oldin ko'rib chiqib tuzatadi — Word fayl har saqlashda qayta yig'iladi.
Narxi qancha?
Bitta himoya stenogrammasi — 500 000 so'm (ikki telefon yozuvi bo'lsa ham shu narx).
Boshqa xizmatlar
Dasturiy mahsulot davlat reyestrida DGU 67418.