Orqaga
Namuna hisobot

Sinov himoyasidan keyin nima olasiz

Quyida kengash hisobotining qisqartirilgan namunasi. Haqiqiy hisobotda har bir savol, baho va kamchilik sizning avtoreferatingizdan olinadi.

Bu namuna. Dissertatsiya, kengash a'zolari va raqamlar shartli, hech bir haqiqiy ishga tegishli emas.
Kengash rasmiy xulosasi
PhD · 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit
«Kichik biznes subyektlarini kreditlash mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)»
63 / 100
TAVSIYA ETADI
Himoya balli · chegara 55
Yakdillik: 4 / 5 · Mustaqillik: mustaqil
Himoya balli qanday hisoblandi
0,75 × 66 + 0,25 × 54 = 63
Javoblar balli (66) — har bir javobning o'rtachasi. Hujjat balli (54) — avtoreferat tahlilidan. 55 va undan yuqori — kengash himoyaga tavsiya etadi.

Kengash ovozi

Har professor faqat o'z savollariga berilgan javoblar bo'yicha ovoz beradi.

  • Rais · moliya 68 HA
  • 1-a'zo · bank ishi 72 HA
  • 2-a'zo · ekonometrika 50 YO'Q
  • 3-a'zo · mintaqaviy iqtisodiyot 66 HA
  • 4-a'zo · buxgalteriya hisobi 74 HA

Har bir javob qanday baholandi

Mustaqil baholovchi har javobni avtoreferat matni bilan solishtirib, to'rt mezon bo'yicha baholaydi. Namunada 10 ta savoldan ikkitasi.

Ilmiy yangilik 1-a'zo · bank ishi

Savol. Birinchi ilmiy yangiligingizda kredit riskini baholash modeli «takomillashtirilgan» deyilgan. Aynan nimani o'zgartirdingiz va bu 3.4-jadvaldagi natijaga qanday ta'sir qildi?

Javob. Bankning amaldagi skoring modeliga ikki omil qo'shdim: soliq to'lash intizomi va mavsumiy tushum. 3.4-jadvalda muddati o'tgan kreditlar ulushi 9,1 % dan 6,8 % ga tushgan.

Aloqadorlik
18 / 20
Asoslanganlik
31 / 35
Aniqlik
21 / 25
To'g'rilik
18 / 20
88 ball

Baholovchi izohi. Javob o'zgartirilgan ikki omilni va jadvaldagi raqamni aniq keltirdi. Raqamlar avtoreferatda bor. Yetishmagani: nima uchun aynan shu ikki omil tanlangani aytilmadi.

Metodologiya 2-a'zo · ekonometrika

Savol. Kreditlarni qaytarish darajasi 12 % oshgan deysiz. Bu sizning modelingiz ta'sirimi yoki shu yillardagi umumiy iqtisodiy o'sishmi? Taqqoslash guruhi bormi?

Javob. Model joriy etilgandan keyin qaytarish yaxshilandi, buni bank ma'lumotlari ko'rsatadi.

Aloqadorlik
14 / 20
Asoslanganlik
12 / 35
Aniqlik
8 / 25
To'g'rilik
13 / 20
47 ball

Baholovchi izohi. Savol sabab va korrelyatsiyani ajratishni so'radi. Javob taqqoslash guruhini ham, muqobil stsenariyni ham keltirmadi. «12 %» raqami avtoreferatda bor, lekin uning sababi asoslanmadi.

Aniqlangan kamchiliklar

  1. JIDDIY Kreditlarni qaytarish 12 % oshgani modelga bog'langan, lekin taqqoslash guruhi ham, muqobil stsenariy ham keltirilmagan. avtoreferat matnidan: «…taklif etilgan model joriy etilgach, kreditlarning o'z vaqtida qaytarilishi 12 foizga oshdi»
  2. JIDDIY Ikkinchi ilmiy yangilik «takomillashtirilgan» deb e'lon qilingan, lekin avvalgi usuldan nimasi bilan farq qilishi ko'rsatilmagan.
  3. KICHIK Tanlanma hajmi kirish qismida 1 240 ta, ikkinchi bobda 1 120 ta korxona deb berilgan.

Tavsiyalar va tuzatish rejasi

  1. 1 Uchinchi bobga taqqoslash guruhini qo'shing: shu yillarda dasturga kirmagan korxonalardagi qaytarish darajasi.
  2. 2 Ikkinchi yangilikda avvalgi usulni va o'zingiz nimani o'zgartirganingizni bitta jumlada ayting.
  3. 3 Tanlanma sonini butun matnda bir xil qiling.

Qo'lingizga beriladigan hujjatlar

  • PDF xulosa QR-kod bilan. Istalgan kishi kodni skanerlab, xulosa haqiqiy ekanini munozara.live saytida tekshiradi.
  • Word hisobot. Barcha savol va javoblar, har javobga baholovchi izohi va to'liq tuzatish rejasi.
O'z ishingiz bo'yicha sinov himoyasini boshlash

Avtoreferatingizni yuklaysiz, kengash savol beradi, hisobot shu ko'rinishda tayyorlanadi.