Orqaga
Dastlabki ekspertiza xulosasi

Dastlabki ekspertiza xulosasi: OAK 26 mezoni bo'yicha tahlil

Dissertatsiyangizni anonim sun'iy intellekt eksperti boshidan oxirigacha o'qib chiqadi va OAK talablariga asoslangan 26 mezon bo'yicha baholaydi — himoyadan oldin kuchli va zaif tomonlaringizni yozma xulosada ko'rasiz.

Nima beradi

  • Dissertatsiyaning to'liq matni (PDF/DOCX, jadval va rasmlar bilan) o'qiladi
  • OAK Nizomiga asoslangan 26 mezonning har biri bo'yicha alohida baho
  • Har bir mezon bo'yicha aniq izoh: nima yaxshi, nima kuchsiz
  • Bosib chiqarishga tayyor DOCX xulosa hujjati

Qanday ishlaydi

  1. 1 Dissertatsiyangizni (PDF yoki DOCX, 400 betgacha) yuklaysiz
  2. 2 Ekspert 26 mezon bo'yicha matnni sahifama-sahifa tahlil qiladi
  3. 3 Har mezon bo'yicha baho va izoh shakllantiriladi
  4. 4 Tayyor DOCX xulosani yuklab olasiz

Kimlar uchun

Dissertatsiyasini himoyaga topshirishdan oldin OAK mezonlari bo'yicha real, xolis baho olishni istaydigan PhD/DSc dissertantlar uchun.

OAK 26 mezoni

  1. Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati
  2. Muammoning o'rganilganlik darajasi
  3. Mavzuning OTM/ITM ilmiy-tadqiqot rejalari bilan bog'liqligi
  4. Tadqiqotning maqsadi
  5. Tadqiqot vazifalari
  6. Tadqiqot obyekti
  7. Tadqiqot predmeti
  8. Tadqiqotning usullari
  9. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
  10. Tadqiqotning amaliy natijasi
  11. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  12. Natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati
  13. Natijalarning joriy qilinishi
  14. Natijalarning aprobatsiyasi va e'lon qilinishi
  15. Dissertatsiyaning 1-bobi
  16. Dissertatsiyaning 2-bobi
  17. Dissertatsiyaning 3-bobi (DSc uchun 3-4-boblar)
  18. Raqamli texnologiyalarga tayanish darajasi
  19. Matematik ta'minot va statistik materiallarga tayanish darajasi
  20. Me'yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanish darajasi
  21. Texnik va statistik talablarga javob berishi (hajm, format)
  22. Xulosa va takliflar (yaxlitlik)
  23. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
  24. Ilovalar mavjudligi va mavzuga mosligi
  25. Dissertatsiyaning ixtisoslik pasportiga to'g'ri kelishi
  26. Avtoreferatning OAK talablari asosida rasmiylashtirilishi

Narx

Dastlabki ekspertiza xulosasi 200 000 so'm 140 000 so'm

Chegirmali narx «MUNOZARA30» kodi bilan: kod xizmat uchun to'lashdan oldin kiritiladi.

Ko'p so'raladigan savollar

26 mezon qayerdan olingan?

OAK "Ilmiy darajalar berish tartibi" nizomi asosida shakllantirilgan — dolzarblik, ilmiy yangilik, metodologiya, rasmiylashtirish kabi bo'limlarni qamrab oladi.

Bu OAK tomonidan tasdiqlangan xulosami?

Yo'q — bu platformaning ichki tahlili, rasmiy OAK hujjati emas. Maqsad himoyadan oldin zaif joylarni ko'rish.

Qancha vaqt ketadi?

Fon rejimida ishlaydi — sahifani yopib ketishingiz mumkin, tayyor bo'lgach hisobingizda paydo bo'ladi.

PhD va DSc uchun mezonlar bir xilmi?

Yo'q, har mezon PhD va DSc uchun alohida sifat talabi bilan baholanadi — bob soni, hajm va nashrlar talabi ikkalasida ham farq qiladi.

Boshlash

Dasturiy mahsulot davlat reyestrida DGU 67418.