Yangiliklar
Ekspertiza 30.10.2026 oak.uz 1 daqiqa o'qish

OAKda faoliyat samaradorligi va xolislik masalalari muhokama qilindi

OAKda faoliyat samaradorligi va xolislik masalalari muhokama qilindi

Foto: oak.uz

OAK raisi Munira Aminova rahbarligida o'tkazilgan ishchi yig'ilishda komissiya faoliyatini samarali tashkil etish, attestatsiya ishlari sifatini oshirish va tashkilot imijini yaxshilash masalalariga alohida urg'u berildi. Yig'ilishda xolislik, shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga ustuvor ahamiyat berish, xodimlarning mas'uliyatini oshirish va kasbiy halollikka qat'iy amal qilish zarurligiga ta'kidlandi. OAK faoliyatini takomillashtirish va attestatsiya jarayoni sifatini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilandi.

Ulashish: Telegram